logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Opta superkompyuteri UEFA Superkubogi bahsi favoritini ma'lum qildi

 11 AVGUST, 2026, 16:18

Chorshanba (12 avgust) kuni Zaltsburgdagi «Red Bull Arena» stadionida «Pari Sen-Jermen» va «Aston Villa» jamoalari UEFA Superkubogi uchun maydonga tushishadi.

Opta superkompyuterining prognoziga ko'ra, uchrashuvning asosiy vaqtida «PSJ»ning g'alaba qozonish imkoniyati 45% ga teng baholanmoqda. «Aston Villa»ning zafari esa 29,6% ehtimol bilan baholangan.

«PSJ» o'tgan mavsumda Chempionlar Ligasida zafar quchgan va o'z tarixida to'rtinchi jamoa bo'lib sovrinni muvaffaqiyatli himoya qilishi mumkin.

«Aston Villa» esa Evropa Ligasi g'olibi sifatida ushbu maqomga erishdi.

Murabbiylar dueli: PSJ ustozi Luis Enrike Superkubokdagi ikkala o'yinini ham yutib olgan bo'lsa, «Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri avvalgi uchta Superkubok bahsining barchasida mag'lubiyatga uchragan.

O'zaro to'qnashuvlar: Bu jamoalarning o'zaro uchinchi uchrashuvi bo'ladi — avvalroq ular 2025 yilgi Chempionlar Ligasining 1/4 finalida to'qnash kelishgan edi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13 avgustga o'tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ