logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» Subimendiga qiziqish bildirdi

 11 AVGUST, 2026, 16:18

«Real Madrid» «Arsenal»ning 27 yoshli yarim himoyachisi Martin Subimendiga bo'lgan qiziqishini yana tikladi. London klubi ispan futbolchisining transferi bo'yicha 90 million evro miqdoridagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Subimendi «Arsenal»ga o'tgan yozda «Real Sosedad»dan o'tgan edi. U jamoasiga APLda g'olib chiqishda yordam berdi va Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. Biroq Bruno Gimaraynsning kelishi bilan maydon markazida raqobat yanada kuchaydi.

Subimendiga «Real»dan tashqari «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi «Arsenal» bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega bo'lgani sababli, londonliklar transfer narxini pasaytirishni rejalashtirmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ