logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Aleksis Sanches Evropani tark etmoqda: chililik futbolchi MLS klublaridan biri bilan kelishuvga erishdi

 11 AVGUST, 2026, 16:06

Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches Evropadagi uzoq yillik faoliyatidan so'ng MLSga o'tishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

37 yoshli futbolchi Kanadaning "Monreal" jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Transfer hujjatlari allaqachon tayyorlab qo'yilgan.

Taniq insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Sanches yangi klubiga erkin agent sifatida qo'shiladi. Chililik hujumchi yozda Ispaniyaning "Sevilya" jamoasini tark etganidan so'ng erkin agentga aylandi.

Bu "Barselona", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Inter" va "Marsel" kabi klublarda o'ynagan Sanchesning MLSda birinchi marta o'ynashi.

Xabarlarga ko'ra, shartnoma ikki mavsumga mo'ljallangan va tajribali hujumchi "Monreal" klubida maxsus maqomdagi o'yinchi sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ