logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Fenerbaxche» «Napoli» bilan Lukaku transferi bo'yicha kelishib oldi

 11 AVGUST, 2026, 15:54

«Fenerbaxche» Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning transferi bo'yicha «Napoli» bilan bitimni deyarli yakunladi.

Istanbul klubining 6 million evrolik ikkinchi taklifidan so'ng neapolliklar taslim bo'lishdi. Birinchi safar «Napoli» futbolchini sotishdan bosh tortgan edi.

Insayder Fabritsio Romano ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichiga chiqishgan.

Butun 2025/2026 yilgi mavsum davomida Lukaku jarohat tufayli sanoqli o'yinlardagina maydonga tushdi. Shu bilan birga, u o'zboshimchalik bilan davolanish uchun vataniga jo'nab ketib, Antonio Konte bilan urishib qolgan edi.

JCh-2026'da forvard 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 33 yoshli o'yinchi bahslarni zaxira o'rindig'ida boshlab, o'yin davomida maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ