logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Enrike «PSJ»ning Chempionlar Ligasida «Real» rekordini takrorlash imkoniyatlarini baholadi

 11 AVGUST, 2026, 15:48

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining Chempionlar Ligasida ketma-ket g'oliblik bo'yicha Madridning «Real» klubi rekordini takrorlash imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, «Real Madrid»ning bu musobaqadagi rekordi ketma-ket 3 ta trofeyni tashkil etadi. Parijliklar esa so'nggi ikki mavsumda ketma-ket Evropaning eng nufuzli klublar turnirida zafar kuchishgan.

«Biz ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqib, «Real» bilan tenglashishimiz mumkin. Hozirda oldimizda unikal chorlov turibdi. Menimcha, ayni damda Evropada bizdan ko'ra ko'proq motivatsiyaga ega bo'lgan birorta ham jamoa yo'q», — deydi Enrike The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, «PSJ» 13 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da UEFA Superkubogi uchun kechadigan bahsda Evropa Ligasi g'olibi «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ