«Chelsi» forvardi Mudrik ijaraga ketishi mumkin
11 AVGUST, 2026, 15:42
Ukrainalik vinger Mixail Mudrik doping tufayli olingan diskvalifikatsiya bekor qilingach, «Chelsi» bilan mashg'ulotlarga qaytdi. Endilikda hujumchida faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlar paydo bo'lmoqda.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «ko'klar» rahbariyati Mudrikni optimal sport formasiga kirib olishi va muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berishga tayyor. Ta'kidlanishicha, ushbu transfer oynasida 25 yoshli forvard Frantsiyaning «Strasburg» klubiga yoki Italiya chempionati jamoalaridan biriga yo'l olishi mumkin. Futbolchining o'zi esa Angliya Premer-ligasida qolishni afzal ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mudrikning «Chelsi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.
