«PSJ» yangi darvozabon transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
11 AVGUST, 2026, 15:36
«Parma»ning yaponiyalik posboni Zion Suzuki yaqin orada Frantsiyaning «PSJ» klubi a'zosiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar bitimni to'liq kelishib olishgan. 23 yoshli darvozabonning transferi Frantsiya chempioniga 35 million evroga tushadi.
Parijliklar muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun Suzukini darhol ijaraga berishni rejalashtirishmoqda. Futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida «Yuventus» ko'rilmoqda.
O'tgan mavsumda Suzuki barcha turnirlarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
