«Chelsi» Entso Fernandes borasidagi o'z pozitsiyasini o'zgartirmaydi
11 AVGUST, 2026, 15:30
Argentinalik yarim himoyachi Entso Fernandes 11 avgust kuni «Chelsi» ixtiyoriga qaytishi kerak. Bu haqda jurnalist Nizaar Kinsella xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Fernandes tez orada «Chelsi» bilan mashg'ulotlarga kirishadi. «Ko'klar» rahbariyati hali ham yarim himoyachini sotishga tayyor, ammo faqat 140 million evrodan kam bo'lmagan summa evaziga. Shuningdek, «Chelsi» hech qanday yon berishga tayyor emasligi ta'kidlanmoqda.
Avvalroq 25 yoshli Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga «Manchester Siti» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
2025/26 yilgi mavsumda amaldagi jahon vitse-chempioni «Chelsi» tarkibida 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
