Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytishga nega qaror qilganiga javob berdi
11 AVGUST, 2026, 15:00
«Yuventus» hujumchisi Randal Kolo-Muani klubga qaytishi haqida fikr bildirdi.
Frantsuz avgust oyi boshida «PSJ»dan o'tib, «keksa sinora» safini to'ldirdi. Transfer qiymati 40 million evrodan oshdi.
«Yuventus» — Italiya qadriyatlarini o'zida mujassam etgan alohida, kult darajasidagi klub. Bu erda yana bo'lish men uchun katta sharaf. «Yuventus»dagi birinchi davrim qanday kechganini hisobga olsak, bu o'tish men uchun mutlaqo mantiqiy qadam bo'ldi», — dedi 27 yoshli forvard La Stampa’ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Randal Kolo-Muani 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ijara huquqi asosida «byankoneri» sharafini himoya qilgan edi.
