logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» yosh himoyachisini Angliyaga qo'yib yuborishga tayyor

 11 AVGUST, 2026, 14:54

«Barselona»ning o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sebasten Vidal xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Everton» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi ushbu yozda o'z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishga tayyor, chunki u asosiy tarkibdan joy olishi amrimahol.

Ektor Fortga da'vogarlar orasida «Fulxem» va Milanning «Inter» klublari ham tilga olinmoqda. O'tgan mavsumda lateral ijara huquqi asosida «Elche»da to'p surdi, ammo jarohatlar tufayli maydonda bor-yo'g'i 17 marotaba ko'rinish berib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ