logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Tramp FIFAni Infantino ketgan taqdirda xatoga yo'l qo'yishidan ogohlantirdi

 11 AVGUST, 2026, 14:54

AQSh prezidenti Donald Tramp UEFA, KONKAKAF va AFK tomonidan iste'fosi talab qilinayotgan FIFAning amaldagi rahbari Janni Infantinoni qo'llab-quvvatlab chiqdi. Amerika etakchisi bu haqda o'zining Truth Social ijtimoiy tarmog'ida xabar qoldirdi.

Trampning fikricha, agar FIFA Infantinoning ketishiga yo'l qo'ysa, halokatli xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi.

«Agar Infantino ketsa, jahon chempionatlarini o'tkazish hech qachon muvaffaqiyatli bo'lmaydi va foyda keltirmaydi», — deb yozdi Oq uy rahbari.

U, shuningdek, Infantinoni ajoyib rahbar, AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tgan mundialni esa avvalgilaridan to'rt baravar muvaffaqiyatliroq deb atadi. Eslatib o'tamiz, turnirdan olingan sof foyda tarixda ilk bor 15 milliard dollarni tashkil etdi.

Infantino jahon chempionatini o'tkazish huquqini xususiy qo'llarga sotish g'oyasini ilgari surganidan so'ng, UEFA, KONKAKAF va AFK FIFAga boykot e'lon qilishdi. ular bu boykotni faqat Infantino ketgan taqdirdagina bekor qilishlarini bildirishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ