logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Morales Maxachev - Gerri jangini sug'urtalash uchun 9 kg vazn tashlashi kerak

 11 AVGUST, 2026, 14:48

Asosiy voqeasi Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lgan UFC 330 turniriga besh kun vaqt qoldi.

Yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi uchun rasmiy sug'urtalovchi bo'lgan ekvadorlik Maykl Moralesning taxminan 9 kg vazn yo'qotishi talab etiladi. Morales jangchilardan biri oktagonga chiqa olmagan taqdirda zaxira sifatida elon qilingan. Juma kuni u 170 funt (77,1 kg) vaznga erishishi kerak.

Dam olish kunlari ekvadorlik jangchi ikkita post joylashtirdi. Birinchisida u 223,1 funt (101,2 kg) vaznini ko'rsatdi - bu o'quv-mashg'ulot yig'inining boshida edi. Keyinchalik u so'nggi hafta boshida 193,5 funt (87,8 kg) vaznini elon qildi. Keyin Morales 190,7 funt (86,5 kg) vaznni ko'rsatdi, bu yarim o'rta vazn chegarasidan 20,7 funt (9,4 kg) ortiq.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ