logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arauxo: «Mening sifatlarim Premer-liga uchun juda mos keladi»

 11 AVGUST, 2026, 14:42

«Liverpul» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo ingliz futboliga moslashish haqidagi savolga javob berdi.

Do'shanba kuni «qizillar» urugvaylik futbolchini o'zlarining yangi a'zosi sifatida tanishtirishdi. 27 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha «Barselona»dan ijaraga olingan.

«Manda hech qanday shubha yo'q. Mening sifatlarim Premer-liga uchun juda mos keladi va bu erdagi o'yin uslubiga ajoyib tarzda tushadi, deb o'ylayman. Men anchadan beri ushbu chempionatda o'ynashni xohlardim. Bu juda kuchli liga bo'lib, uni ko'pchilik dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblaydi. Men shijoatga to'laman va o'yinlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman», — deydi Arauxoning so'zlarini keltirgan «Liverpul» rasmiy sayti.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, ijara shartnomasiga 55 million evro evaziga sotib olish huquqi kiritilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ