«PSJ» Arda Gyuler uchun katta taklif yubordi
11 AVGUST, 2026, 09:48
«Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler «PSJ»ning yangi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Turkiya va Ispaniya OAVlari xabar berishicha, Frantsiya grandi 21 yoshli futbolchi uchun Madrid klubiga 115 million evro taklif qilgan.
«Real» rahbariyati mazkur taklifni ko'rib chiqmoqda, ammo transfer amalga oshish ehtimoli yuqori emas. Madridliklar Gyulerni jamoaning eng istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida baholamoqda va uni sotishga shoshilmayapti.
Turkiya OAVlarining qo'shimcha qilishicha, agar bitim amalga oshsa, Gyulerning sobiq klubi «Fenerbaxche» ham katta miqdorda mablag' ishlab oladi. Turkiya klubi futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulush olish huquqiga ega. Shu tariqa, 115 million evrolik transfer amalga oshgan taqdirda, «Fenerbaxche» 23 million evro oladi.
