logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yen Machado Gerri: "Islamning tik holatdagi jangda hech qanday imkoniyati yo'q"

 11 AVGUST, 2026, 09:32

Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionligiga davogar Yen Machado Gerri divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachev unga qarshi tura olmasligiga va jangni hushsiz holatda yakunlashiga ishonchi komil.

"Islam hech qachon men kabi baland bo'yli va qo'li uzun odam bilan jang qilmagan. Ayniqsa, menga o'xshab harakat qiladigan jangchi bilan. Tik holatdagi jangda uning menga qarshi hech qanday imkoniyati yo'q va men uni hushsiz holda ko'rmoqchiman. Men uni urganimda, hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas.

"Chute Boxe" jamoasi nomidan chempion bo'lish va siz ko'rgan eng buyuk jangchilarning izidan borish men uchun katta sharaf. Menda vazifa bor: oktagonga chiqish, Islamning miyasini "teshish", qo'limni ko'tarishga erishish va bu yigitlar uchun chempionlik kamarini olib kelish!", - dedi irlandiyalik sportchi "UFC 330 uchun teskari sanoq" ko'rsatuvida.

Malumot uchun, yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi 16 avgust tongida Filadelfiya shahrida tashkil etiladigan UFC 330 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ