logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Man Siti» Rodri o'rniga angliyalik yarim himoyachini nishonga oldi

 11 AVGUST, 2026, 09:24

«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton «Manchester Siti»da Rodrining o'rnini bosishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri sifatida ko'rilmoqda.

«Shaharliklar» yoz boshidayoq angliyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha «Kristal Pelas» bilan aloqaga chiqqan edi. Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotiga ko'ra, agar Rodri «Manchester Siti»ni tark etsa, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yaqin vaqt ichida qayta boshlanishi mumkin.

Uortonga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirgan. Biroq 22 yoshli futbolchi bo'yicha «Kristal Pelas» hozircha rasmiy taklif olmagan.

Transfermarkt portali Uortonning transfer qiymatini 70 million evro deb baholamoqda.

Ayni paytda Rodrining «Barselona»ga o'tishi ehtimoli yuqori. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. «Manchester Siti» ispaniyalik yarim himoyachining transferidan 70 million evrodan ortiq mablag' ishlab olishni kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ