logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Atletiko» Alvaresdan uzr so'rashini kutmoqda

 11 AVGUST, 2026, 08:42

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o'tish rejasi amalga oshmadi.

Tarqalayotgan xabarlarga ko'ra, argentinalik futbolchi transfer masalasini muhokama qilish uchun bosh murabbiy Diego Simeone va klub bosh direktori Migel Anxel Xil Marin bilan uchrasha olmaganidan norozi. Jurnalist Pedro Fulyana ma'lumotiga ko'ra, «matraschilar» futbolchilari Alvares klubda qolgan taqdirda uni qo'llab-quvvatlashga va mahalliy muxlislar ishonchini qayta qozonishiga yordam berishga tayyor.

Shu bilan birga, klub ichida argentinalik hujumchi o'z xatosini omma oldida tan olib, «Atletiko» muxlislaridan uzr so'rashi maqsadga muvofiq, degan fikr mavjud.

«Barselona» Xulian Alvares uchun taxminan 100 million evro taklif qilgan, ammo «Atletiko» muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

Alvaresning o'zi esa «Barselona» safida to'p surishni orzu qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ