«Barselona» futbolchisi jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi
10 AVGUST, 2026, 23:18
Kataloniyaning «Barselona» klubi 20 yoshli vingeri Runi Bardji 2026/2027 yilgi mavsum boshlanishi arafasida jiddiy jarohat oldi. Insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, futbolchi tizzasining old xochsimon bog'lamini uzib olgan va 6-7 oy muddatga safdan chiqdi.
Shvetsiyalik futbolchi 2023/2024 yilgi mavsumda ham tizzasidan olgan jarohati sabab 11 oy futboldan chetda qolgan edi. Avvalroq Bardji «Barselona»ga Entoni Gordon va Karim Adeyemi kabi hujum chizig'i futbolchilari kelganidan so'ng klubni tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.
Futbolchiga Germaniya Bundesligasi, Niderlandiya Eredivizi, Frantsiya Liga 1, Portugaliya chempionati va Italiya A Seriyasi klublari qiziqish bildirgan. Potentsial da'vogarlar orasida «Aston Villa», «Sanderlend», «Everton», «Fulxem», «Brayton», «Lids Yunayted», «Ayaks», «Marsel», «Portu», «Yuventus» va Dortmundning «Borussiya» klublari tilga olingan.
