logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Karvaxal Vinisiusga futbolka sovg'a qildi

 10 AVGUST, 2026, 23:18

Madridning «Real» klubi sobiq sardori Daniel Karvaxal jamoa vingeri Vinisius Juniorga futbolka sovg'a qildi. U futbolkaga futbolchiga atab o'z xati hamni qoldirgan.

Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida ushbu futbolkaning suratini joylashtirib, unga «Afsona» deb izoh qoldirdi.

«Vini, do'stim. Senga nisbatan alohida mehr-muhabbat his qilaman. Har doimgidek, maydonda bor kuchingni berasan, boringni ishga solasan va qo'lingdan kelgan barcha ishni qilasan. Sen eng yaxshisan», — deb yozgan Karvaxal futbolkaga.

Vinisius 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi madridliklar safiga Braziliyaning «Flamengo» klubidan 45 million evro evaziga ko'chib o'tgan.

O'tgan mavsumda u «Real» tarkibida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 14 ta golli uzatma amalga oshirgan.

6 avgust kuni madridliklar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma 2032 yilga qadar uzaytirilganini ma'lum qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ