logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Alvares transferi amalga oshmasa, Lautaro Martines «Inter»dan «Barselona»ga o'tishi mumkin

 10 AVGUST, 2026, 22:54

«Barselona» argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda uning o'rniga kimni olishini aniqlab oldi. «Atletiko»ning pozitsiyasi tufayli Alvares transferi murakkablashayotgan bir paytda, Sport.es nashri xabar berishicha, «Inter» hujumchisi Lautaro Martines «Barselona» uchun «B» rejasi sifatida asosiy nomzodlardan biriga aylanmoqda. Kataloniyaliklar yaqin kunlarda Alvares bo'yicha muzokaralarda ijobiy siljish bo'lmasa, ushbu variantni ko'rib chiqadi.

Manbaga ko'ra, «Barselona» uchun Lautaro transferi ham oson bo'lmaydi. Futbolchining «Inter» bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. O'tgan yil may oyida argentinalik futbolchining o'zi ochiq tarzda boshqa klubga o'tish ehtimolini istisno qilgan edi. «Inter» prezidenti Juzeppe Marotta ham «Barselona» bilan hech qanday muzokaralar olib borilayotganini qat'iyan rad etgan.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» Martinesni taxminan 120 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ