logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» yangi futbolchilarining 2026/2027 yilgi mavsumdagi raqamlarini e'lon qildi

 10 AVGUST, 2026, 20:00

Madridning «Real» klubi 2026/2027 yilgi mavsumda jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarning o'yin raqamlarini e'lon qildi.

Himoyachi Ibraima Konate 16-raqam ostida o'ynaydi. Mark Kukurelya 17-raqam, Denzel Dumfris esa 24-raqamni oldi. Yarim himoyachi Bernardu Silva 20-raqamni tanlagan bo'lsa, Yan Diomande 25-raqam, Karlos Espi esa 19-raqam ostida maydonga tushadi.

Raul Asensio 2-raqamni egalladi. Ushbu raqam Daniel Karvaxal jamoadan ketganidan so'ng bo'shagan edi. Din Xyoysenga esa avval David Alabaga tegishli bo'lgan 4-raqam berildi. «Lion»dagi ijara muddati yakunlanib, «Real»ga qaytgan hujumchi Endrik yana 9-raqamni tanladi.

Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi 15 avgust kuni start oladi. «Real»ning 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvi esa 22 avgust kuni «Espanol»ga qarshi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ