"Jar Academy" Perak International Taekwon-Do Championship 2026 turnirida 8 ta medal qo'lga kiritdi, 7 tasi oltin!
10 AVGUST, 2026, 19:00
Malayziyaning Perak shtati Tanyung Rambutan shahrida taekvondo ITF yo'nalishi bo'yicha 2000 nafardan ziyod sportchi ishtirokidagi ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi."ILKKM Sultan Azlan Shah" majmuasi mezbonlik qilgan Perak International Taekwon-Do Championship 2026 musobaqasida dunyoning yigirmaga yaqin davlatdan 2000 nafardan ziyod sportchi qatnashdi. Yurtimiz sharafini Baxtiyor Isroilov boshchiligidagi poytaxtning "Jar Academy" jamoasi taekvondochilari himoya qildi.
Musobaqada Malayziya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Indoneziya, Singapur, Vetnam, SHri-Lanka, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Yaponiya, Angliya, Moldova, Efiopiya singari yigirmaga yaqin davlatdan kelgan taekvondochilar bir nechta yosh va vazn toifasida g'oliblik uchun dayanga chiqdilar.
"Jar Academy" jamoasi sportchilaridan tul va masoge bahslarida Malika Muhsinova, SHahrizoda Muhsinova, Saidislom Toxirxo'jaev 2 tadan oltin, Saidrasulxo'ja Toxirxo'jaev 1 tadan oltin va bronza medallarini qo'lga kiritdi.
















Manba: olamsport.com
