"Real" Messiga hamdardlik bildirdi
10 AVGUST, 2026, 16:16
Madridning “Real” klubi Lionel Messi otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik maktubi yo'lladi.Ispaniya klubi rasmiy bayonot elon qilib, “Barselona” sobiq sardori va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Xorxe Messi 8 avgust kuni hayotdan ko'z yumdi. “Oltin to'p” 8 karra sohibining otasi uzoq yillar davomida Lionel uchun eng yaqin insonlardan biri bo'lgan va uning nafaqat hayotida, balki professional faoliyatida ham muhim rol o'ynagan.
comhttps://backend.championat. ... 43812 alt="2.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
“Real” va “Barselona” o'rtasidagi ko'p yillik azaliy raqobatga qaramay, Madrid klubi ushbu fojiaga befarq qarab tura olmadi. Argentinalik futbolchining oilasini qo'llab-quvvatlovchi so'zlar “qaymoqranglilar”ning rasmiy manbalarida paydo bo'ldi.
“Real” Madrid klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi Xorxe Messining vafotidan chuqur qayg'uda. Klubimiz Leoga, uning oilasiga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, – deyiladi madridliklar bayonotida.
Xorxe 20 yildan ortiq vaqt davomida o'g'lining manfaatlarini himoya qilib kelgan va uning faoliyatidagi muhim qarorlarda ishtirok etgan. Aynan u 13 yoshli Lionelni Rosariodan Barselonaga ko'chib o'tishida hamrohlik qilgan, keyinchalik esa futbolchining shartnomalari va transferlari bo'yicha muzokaralarni olib borgan.
Manba: olamsport.com
