logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» futbolchisida xochsimon bog'lamlar jarohati gumon qilinmoqda

 10 AVGUST, 2026, 15:48

«Barselona»ning 20 yoshli vingeri Runi Bardji tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Karlos Monfort xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi mashg'ulot vaqtida shikastlangan. Shved kuchli og'riq his qilib, maydonni tark etgan. Bardjining tizzadagi xochsimon bog'lamlari uzilgan bo'lishi mumkinligi haqida gumonlar bor. Agar tashxis tasdiqlansa, Lamin Yamal o'rnini bosib turgan o'yinchi kamida yarim yilga safdan chiqadi.

«Barselona» hujumchini o'tgan yozda sotib olgan edi. «Ko'k-anorranglilar» safida u barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bardjining kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ