logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Nyukasl» va «Aston Villa» «Bavariya»dan Palinya bo'yicha ma'lumot so'radi

 10 AVGUST, 2026, 15:30

«Nyukasl» hamda «Aston Villa» klublari «Bavariya»ning tajribali yarim himoyachisi Joau Palinya bo'yicha so'rov yubordi.

Myunxenliklar 31 yoshli portugaliyalik xavbekning transferi bo'yicha muzokaralar olib borishga to'liq ochiq. Avvalroq «Bavariya» sport direktori Maks Eberl ham Palinya, Boe va Saragosaning jamoani tark etishi ma'qul ekanini bildirgan edi. Shuningdek, futbolchiga Portugaliyaning «Benfika» klubi ham jiddiy qiziqish bildirib, 30 million evro atrofidagi taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Palinya o'tgan mavsumni ijara asosida Londonning «Tottenxem» klubida o'tkazib, barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushdi, 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

«Nyukasl» o'tgan APL mavsumini 12-o'rinda yakunlagan va yangi mavsumni 23 avgust kuni «Liverpul»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

«Aston Villa» esa APLda 4-o'rinni egallash bilan birga Evropa Ligasi g'olibiga aylandi. Unai Emeri shogirdlari yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 12 avgust kuni UEFA Superkubogi doirasida «PSJ»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ