logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Galatasaroy» Batrakov transferidan voz kechdi

 10 AVGUST, 2026, 15:18

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasi bilan yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi bo'yicha olib borilayotgan muzokaralardan chiqdi. Bu haqda 90+Digital kanalida jurnalist Yakup Chinar xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, «Galatasaroy» e'tiborini «Portu»ning 19 yoshli xavbeki Rodrigo Moraga qaratgan.

Avvalroq xorij OAVlari Turkiya grandi «Lokomotiv»ga bonuslarni hisobga olgan holda 25 million evro taklif qilgani va o'ylab ko'rish uchun bir sutka vaqt bergani, ammo «temiryo'lchilar»dan hech qanday javob bo'lmagani haqida xabar berishgan edi.

Yangi mavsumda 21 yoshli Batrakov barcha turnirlarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta golli uzatmani yozib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ