logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Del Pero Alaybegovichning «Yuventus»ga o'tishi haqida: «Juda xursandman»

 10 AVGUST, 2026, 15:06

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero Kerim Alaybegovichning transferidan xursand ekanini bildirdi.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining 18 yoshli forvardi Turin klubiga «Bayer»dan 30+5 million evro evaziga o'tdi.

«Juda xursandman, chunki u, birinchidan, hayratlanarli darajada iste'dodli, ikkinchidan, juda yosh. Oldinga o'tib aytsam, uning shartnomasi katta ustunlikdir, chunki Italiyaga keladigan iste'dodli futbolchilarni topish biz uchun hamisha qiyin kechgan, sababi ularni bizdan ilib ketishardi. Endi esa bizda shunday iste'dod bor...

Umid qilamizki, unda hammasi o'xshaydi, o'sishi uchun etarli vaqt beriladi va uni shoshirishmaydi — chunki bundan hech qanday ma'no yo'q. Eng muhimi, u jamoaga yaxshi moslashib olsin. O'ylaymanki, yil davomida Spallettida unga harakat erkinligi berish imkoniyati bo'ladi — keyin nima bo'lishini ko'ramiz», — deydi Del Pero.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ