Arauxo «Liverpul»da tibbiy ko'rikdan o'tdi
10 AVGUST, 2026, 15:00
«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo «Liverpul»ga ijaraga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Bu haqda Sky Sports News xabar bermoqda. Mersisaydliklar urugvaylik futbolchining transferini bugun tushdan so'ng rasman e'lon qilishlari kutilmoqda.
Avvalroq ijara muddati yakunga etgach, «Liverpul» Arauxoni 55 million evroga sotib olish huquqiga ega bo'lishi haqida xabar berilgan edi.
