logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Liverpul» Barkola bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

 10 AVGUST, 2026, 14:42

«PSJ»ning frantsiyalik vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ga o'tishga yana bir qadam yaqinlashdi.

Nufuzli insayder Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Liverpul» futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Ammo mersisaydliklar transfer summasi bo'yicha «PSJ» bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda. 23 yoshli o'yinchining transferi «Liverpul»ga 100 million evrodan ko'proqqa tushishi kutilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Barkola barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali mutaxassislari frantsiyalik futbolchini 90 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ