logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabritsio Romano: «Liverpul» Arauxoni transfer qildi, barcha hujjatlar imzolandi

 10 AVGUST, 2026, 12:36

«Liverpul» «Barselona» himoyachisi Ronald Arauxoni o'z safiga qo'shib oldi. Endi mersisaydliklar urugvaylik futbolchini yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtirishi kutilmoqda.

Transferlar bo'yicha mashhur insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, «Liverpul» va «Barselona» Arauxo transferi bo'yicha barcha hujjatlarni almashgan va kelishuvga tegishli hujjatlar imzolangan.

«"Liverpul" va "Barselona" Ronald Arauxo transferi bo'yicha barcha hujjatlarni almashdi. Hammasi imzolandi va Arauxo tez orada "Liverpul"ning yangi himoyachisi sifatida tanishtiriladi», — deb yozdi Romano.

Insayder ushbu transferni «eksklyuziv xabar, tasdiqlangan» deya ta'riflagan.

Shu tariqa, urugvaylik markaziy himoyachi «Liverpul»ning yozgi transferlaridagi navbatdagi yangi futbolchiga aylanmoqda. Klub transferni rasman e'lon qilishi yaqin vaqt ichida kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ