logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ»ning 18 yoshli yarim himoyachisi yangi mavsum oldidan maqsadlarini ma'lum qildi

 10 AVGUST, 2026, 12:36

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Dro Fernandes jamoa safidagi ikkinchi mavsumi oldidan o'z maqsadlari haqida gapirdi.

18 yoshli futbolchi 2026 yil yanvar oyida «Barselona»dan Frantsiya chempioni tarkibiga ko'chib o'tgan. Fernandes yangi mavsumda o'z o'yinini yanada yaxshilashni maqsad qilgan.

«O'zimni yaxshi his qildim, o'zimga bo'lgan ishonchim ortdi. Umid qilamanki, yaxshi mavsum o'tkazishda davom etaman», — dedi futbolchi L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

Fernandes «PSJ»ning mavsumoldi yig'ini doirasidagi hozirga qadar o'tkazilgan ikki o'rtoqlik uchrashuvining ikkalasida ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda bitta golli uzatma amalga oshirdi.

«PSJ» argentinalik futbolchi bilan 2030 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Fernandes o'tgan mavsumda Frantsiya chempionatida 12 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Shulardan 7 tasida u asosiy tarkibda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ