logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Messi oilasining shaxsiy hayotiga aralashgan OAVga qarshi huquqiy chora ko'rilmoqda

 10 AVGUST, 2026, 12:24

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining huquqiy vakillari uning oilasi shaxsiy hayoti daxlsizligi buzilgani aytilgan bir nechta OAVga qarshi huquqiy chora ko'rishni boshladi.

Bir qator xabarlarga ko'ra, bunga ayrim ommaviy axborot vositalarining Messining otasi Xorxe Messi vafotidan keyin o'tkazilgan xotira marosimlari vaqtida futbolchining oilasiga yaqinlashib, shaxsiy hayotga aralashgani sabab bo'lgan.

Messining vakillari ayrim OAV xodimlari jurnalistik etika doirasidan chiqib ketgani va oilaning qayg'uli damlariga hurmatsizlik ko'rsatganini ta'kidlamoqda.

Huquqiy jamoa bunday holatlarga chek qo'yish va futbolchining oilasiga tegishli bo'lgan shaxsiy masalalarni ommaviy axborot vositalari tomonidan daxlsiz qoldirish bo'yicha aniq huquqiy pretsedent yaratishni maqsad qilgan.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ