logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lamin uchun 50 mln evrolik taklif rad etildi

 10 AVGUST, 2026, 12:18

«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara uchun «Kristal Pelas»dan kelib tushgan 50 million evro miqdoridagi ilk rasmiy taklifni rad etdi.

Frantsiya klubi senegallik futbolchi uchun kamida 60 million evro olishni istamoqda. Ayni paytda «Liverpul» va «Manchester Yunayted» ham 22 yoshli yarim himoyachining vaziyatini kuzatib bormoqda.

«Monako» bosh murabbiyi Filipe Luis esa Kamarani jamoada saqlab qolish istagini ochiq bildirdi.

«Men juda xudbinman va barcha futbolchilarimni jamoada qoldirishni xohlayman. U ehtimol dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri», — dedi mutaxassis.

Filipe Luis Kamaraning to'p bilan oldinga harakatlanishi va maydondagi mehnatsevarligini alohida ta'kidladi.

Kamara yakshanba kuni «Liverpul»ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida (3:2) ham yaxshi taassurot qoldirdi. U mazkur bahsda mersisaydliklar yarimhimoyachilari Dominik Soboslay va Rayan Gravenberxga qarshi harakat qildi.

Lamin Kamaraning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Qolaversa, klub yozgi transferlar davomida futbolchilar sotuvidan allaqachon 105 million evro ishlab olgan. Shu bois «Monako» Kamarani sotishga majbur emas va o'zining 60 million evrolik talabida qat'iy turishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ