logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mbappe Nike bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi. U yangi homiy tanlovi bilan hayratga solishi mumkin

 10 AVGUST, 2026, 12:18

«Real» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Nike bilan hamkorlikni yakunlashga qaror qilgan. Bu haqda frantsiyalik jurnalist Tibo Veziryan xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Mbappe 2026 yil 31 iyulidan buyon Nike mahsulotlaridan foydalanmayapti va kompaniya bilan amaldagi kelishuvini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Qayd etilishicha, futbolchi yangi homiy sifatida Adidas yoki Puma kabi yirik brendlardan birini tanlash o'rniga, «kutilmagan brend» bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

«Hammasi juda tez rivojlanmoqda. "Kutilmagan" brend Kilian Mbappening butsalar etkazib beruvchisi bo'lishi uchun kelishuv yakunlanish arafasida. Bu katta o'zgarish bo'ladi», — dedi Veziryan.

Jurnalistning ta'kidlashicha, mazkur brend futbol bozoriga yuqori sifatli butsalar bilan kirib kelish uchun mashhur futbol yulduzi bilan hamkorlik qiladi.

«Kilian Mbappe, shubhasiz, o'z brendi va kompaniyadagi ulushidan ham manfaat ko'radi», — deya qo'shimcha qildi Veziryan.

Hozircha Mbappening yangi homiysi bo'ladigan brend nomi ochiqlanmagan. Kelishuv rasmiylashtirilganidan so'ng futbolchining yangi hamkori ma'lum bo'lishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ