Torresning «PSJ»ga o'tishi Barkolya transferiga yo'l ochishi mumkin
10 AVGUST, 2026, 12:12
«Liverpul» «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Bredli Barkolyani transfer qilish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Transferlar bo'yicha mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Angliya klubi frantsuz futbolchisi masalasida ishlashda davom etmoqda.
Ayni paytda «PSJ» hujum chizig'ini Ferran Torres va Gonsalu Ramush bilan kuchaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Agar parijliklar ushbu ikki futbolchining transferini amalga oshirsa, jamoaning hujumdagi tanlov imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi.
Romanoning fikricha, bu holat Barkolyaning «PSJ»dan ketishi va «Liverpul»ga o'tishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin.
«Agar "PSJ" Torres va Gonsalu Ramushni imzolasa, klubning hujumda etarlicha variantlari bo'ladi. Bu esa Barkola transferini osonlashtirishi mumkin», — dedi Romano.
Barkola 2023 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Frantsiyalik hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.
