«Real» yarim himoyani Bernarduga ishonib topshirdi. Yangi transferlar bo'lmaydi
10 AVGUST, 2026, 12:12
«Real Madrid» yozgi transferlar oynasida yarim himoya chizig'ini yangi futbolchi bilan kuchaytirmaslikka qaror qildi.
Ispaniyalik jurnalist Arancha Rodrigesning ma'lum qilishicha, Madrid klubi yarim himoyadagi mavjud tarkibga ishonishga qaror qilgan. Jamoa ushbu pozitsiyada Bernardu Silvaga katta umid bog'lamoqda.
Manbaga ko'ra, «Qirollik klubi» yaqin transfer oynasi davomida yarim himoyachi xarid qilish rejasidan voz kechgan. Klub rahbariyati mavjud futbolchilar tarkibi mavsumni yuqori darajada o'tkazish uchun etarli, deb hisoblamoqda.
Bernardu Silva esa jamoaning yarim himoyasida muhim rol o'ynashi kutilmoqda.
