logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» Reyndersni sotishga hozircha tayyor emas: sababi ma'lum

 10 AVGUST, 2026, 11:54

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Tijjani Reyndersni «Nottingem Forest»ga sotishga hozircha rozi emas. Buning sababi ma'lum bo'ldi.

Football Insider xabar berishicha, «Nottingem Forest» niderlandiyalik futbolchi uchun «Manchester Siti» talab qilayotgan 64,4 million evroni to'lashga tayyor. Angliya klubida Elliot Andersonning foydali transferi ortidan etarlicha mablag' paydo bo'lgan.

Biroq «shaharliklar» o'z tarkibidagi futbolchilardan birortasini sotishdan oldin uning o'rniga munosib futbolchi topishni maqsad qilgan. Shu sababli Reynders transferi hozircha amalga oshmay turibdi.

«Manchester Siti» o'tgan yozda Reyndersni «Milan»dan 55 million evroga xarid qilgan edi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi Angliya klubi safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ