"Aston Villa" Palinyaga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi
10 AVGUST, 2026, 11:30
"Aston Villa" sport direktori Demen Vidagani "Bavariya" himoyachisi Joau Palinyaga qiziqishini tasdiqladi.
31 yoshli portugaliyalik o'tgan mavsumni "Tottenxem"da ijarada o'tkazdi.
"Biz muzokaralar olib bormoqdamiz, ammo hozircha kelishuv yo'q. Agar biror narsa yuz bersa, bu, albatta, "Bavariya"ga bo'lgan ulkan hurmatimizga asoslanadi.
Biz do'stona klublarmiz. Direktorlar - Eberl, Froynd va boshqa barcha mas'ul tomonlar bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. Shuning uchun men batafsil ma'lumot bera olmayman va xohlamayman ham.
Bizga yarim himoyachi kerak, chunki Onana mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi va Palinya juda yaxshi o'yinchi; u biz uchun juda mos keladi", dedi Vidagani.
Bild nashrining xabar berishicha, Myunxen klubi Palinyani ijaraga berishdan ko'ra, uni taxminan 25 million evroga sotishni afzal ko'radi.
