"Al-Ittihod" "Inter"ning Diabi bo'yicha taklifini rad etdi
10 AVGUST, 2026, 11:06
Sky Sport xabariga ko'ra, "Al-Ittihod" "Inter"ning Mussa Diabi uchun birinchi taklifini rad etdi.
"Neradzurrilar" 27 yoshli vinger uchun 20 million evro va Kristian Aslanining huquqlarini taklif qildi. Rad etilganidan so'ng, "Inter" yangi taklif bilan qaytadi.
Ta'kidlanishicha, futbolchining moliyaviy shartlari Milan klubi uchun muammo bo'lmaydi. Diabi mavsumiga taxminan 6 million evro maosh olishga rozi bo'ldi.
