"Inter" futbolchisi Ispaniyaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi
10 AVGUST, 2026, 11:00
"Inter" yarim himoyachisi Issiaka Kamate "Espanol"ga 3 million evro evaziga o'tishga yaqin.
Agar transfer amalga oshsa, Milan klubi 22 yoshli frantsuzning qayta sotish qiymatining 50 foizini ham oladi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
O'tgan mavsumda Kamate "Inter-2" safida o'ynab, Italiya uchinchi divizionida 29 ta o'yinda 6 ta gol, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
