Og'ir atletikachilarimiz qita birinchiligida yana bir bronza medaliga ega chiqishdi
10 AVGUST, 2026, 10:00
Toshkentda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medal rasmiylashtirildi.O'smirlar o'rtasida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov bronza medali sohibiga aylandi.
Hamyurtimiz siltab ko'tarish mashqida 134 kg bilan shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.
Manba: olamsport.com
