logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Everton»ning sobiq yarim himoyachisi «Ad-Diriya»ga o'tdi

 10 AVGUST, 2026, 08:36

«Ad-Diriya» Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Idrissa Guye bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvning amal qilish muddati hozircha ochiqlanmagan.

36 yoshli futbolchi 2022/23 yilgi mavsumdan buyon «Everton» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda u jamoa safida 25 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Guyening professional faoliyati davomida «PSJ», «Lill» va «Aston Villa» kabi klublar ham bo'lgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Senegal terma jamoasi futbolchisining transfer qiymati 500 ming evro etib baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ