"Real" hujumchisi EChLda ishtirok etadigan klubga o'tmoqchi
9 AVGUST, 2026, 23:24
AS nashrining xabariga ko'ra, Endrik "Real Madrid"dan o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, braziliyalik hozirda hujumchi pozitsiyasi uchun uchinchi tanlov bo'lib turibdi. birinchi Mbappe va ikkinchisi yozda "Levante"dan qo'shilgan Karlos Espi.
Jamoadagi rolini anglagan Endrik allaqachon o'z imkoniyatlarini baholay boshlagan. U Evropa musobaqalarida, aniqroq qilib aytganda Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan va asosiy markaziy hujumchi sifatida kafolatlangan jamoaga qo'shilishni afzal ko'radi.
"Roma" va "Aston Villa" 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. "Real Madrid" Endrikning ijaraga olish jarayonini osonlashtirish uchun uning yillik 5 million evrodan ortiq maoshiga hissa qo'shishi mumkin.
Endrik o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Lion"da ijarada o'tkazdi va u erda 21 ta o'yinda sakkizta gol urdi.
