"Fenerbaxche" yaqin soatlar ichida Lukakuning transferini e'lon qiladi
9 AVGUST, 2026, 23:06
"Napoli" va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku "Fenerbaxche"ga o'tishga yaqin.
Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Uning so'zlariga ko'ra, klublar 7-8 million evro va bonuslar bo'yicha kelishuvga erishgan. "Napoli" dastlab futbolchi uchun 10 million evro talab qilgan.
Lukakuning o'zi ilgari Turkiyaga o'tishga rozi bo'lgan edi, shuning uchun "Fenerbaxche" transferni 48 soat ichida amalga oshirishga umid qilmoqda. "Napoli" uchun 33 yoshli belgiyalik futbolchini sotish "Arsenal"dan Gabriel Jezusni sotib olish yo'lini ochadi.
Romelu 2024 yil yozida "Napoli"ga qo'shildi. O'shandan beri u "ko'klar" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma bergan. "Neapolitanlar" bilan birgalikda u ikkita sovrinni qo'lga kiritdi: Italiya chempionati chempionligi (2024/25) va Italiya Superkubogi (2025/26).
