logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» Lukas Bergvall transferini qayta ko'rib chiqmaydi

 9 AVGUST, 2026, 21:30

«Barselona» «Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Bergvallni transfer qilish bo'yicha avvalgi qiziqishini qayta tiklash niyatida emas. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli shvetsiyalik futbolchining vakillari uning «Tottenxem»dan ketish ehtimolini o'rganish jarayonida «Barselona» bilan qayta aloqaga chiqqan.

Biroq kataloniyaliklar sport direktori Deku va klubning sport bo'limi Bergvall transferini muhokama qilmayapti. «Barselona» avval ham futbolchiga qiziqqan, hatto 2024 yilda Bergvall klub bazasiga tashrif buyurib, Deku bilan uchrashgan edi.

O'sha paytda «Tottenxem» moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif berib, futbolchini transfer qilishda «Barselona»dan ustun kelgan. Kataloniya klubi esa o'z taklifini oshirishdan bosh tortgan.

Bergvallning Londonda qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabarlar tarqalganiga qaramay, «Barselona» uni transfer qilish masalasini qayta ko'rib chiqmoqchi emas.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ