logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Ayaks» futbolchisi «PSJ» bilan muzokaralar haqida gapirdi

 9 AVGUST, 2026, 21:24

«Ayaks» vingeri Mika Godts Parijning «PSJ» klubi uni transfer qilish masalasida Niderlandiya jamoasi bilan muzokara olib borayotganini tasdiqladi.

ESPN NL ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli belgiyalik futbolchi «Ayaks»ning «PEK Zvolle» ustidan 2:0 hisobidagi g'alabasiga assist bilan hissa qo'shgan. Uchrashuvdan so'ng u amsterdamliklar safida o'ynashni istamayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Men «Ayaks»da o'ynayotganimdan xursandman. Men o'ynashni istamayapman, degan gaplar yolg'on! Ha, PSJ bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo hozircha men shu erdaman va bor kuchimni jamoaga beryapman», — dedi Godts.

«PSJ»ning qiziqishi futbolchining kelajagi borasida noaniqlik yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Biroq Godts muzokaralar uning «Ayaks»dagi vazifasiga ta'sir qilmayotganini ta'kidladi.

Ayni vaqtda ikki klub belgiyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ