«Liverpul» «Monako»ga qarshi nazorat o'yinida kambek qurboni bo'ldi
9 AVGUST, 2026, 21:00
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan nazorat uchrashuvida Angliyaning «Liverpul» klubi o'z maydonida Frantsiyaning «Monako» jamoasiga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
«Enfild» stadionida o'tkazilgan bahsda mezbonlar hisobni 16-daqiqada ochdi. Hujumchi Aleksandr Isak «Liverpul»ni oldinga olib chiqdi.
29-daqiqada Florian Virts mersisaydliklarning ikkinchi golini urdi.
Biroq birinchi bo'lim yakunida «Monako» hisobdagi farqni qisqartirdi. 44-daqiqada rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin penalti ishlab, uni aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Mika Bieret hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv yakuniga yaqin, 88-daqiqada «Monako» hujumchisi Paris Brunner gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
Shu tariqa «Liverpul» yangi mavsum oldidan o'tkazilgan tayyorgarlik bahsida «Monako»ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Mersisaydliklar bundan avval «Lids»ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi. «Monako» esa iyul oxirida «Serkl Bryugge» bilan 2:2 hisobida durang o'ynab, «Sporting»ga 0:2 hisobida yutqazgan. 6 avgust kuni frantsuz klubi «Xetafe»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.
