logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Marmush "Atletiko"ga qarshi o'yinni ikki daqiqada o'zgartirib yubordi (video)

 9 AVGUST, 2026, 19:42

"Manchester Siti" o'rtoqlik uchrashuvida "Atletiko Madrid"ni mag'lub etdi. O'rtoqlik uchrashuvi 9 avgust kuni Janubiy Koreya poytaxtidagi "Seul" stadionida bo'lib o'tdi. Angliya jamoasi o'yin boshida ortda qoldi, ammo oxir-oqibat 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Hisob 43-daqiqada ochildi. "Atletiko" himoyachisi Xorxe Dominges gol urib, "Atletiko"ga ustunlik keltirdi.

Tanaffusdan so'ng, "Manchester Siti" jamoasi o'yinni butunlay o'zgartirdi. Hujumchi Omar Marmush 57-daqiqada hisobni tenglashtirdi va atigi ikki daqiqadan so'ng u "Atletiko"ga qarshi yana bir gol urib, ikkinchi golini kiritdi va jamoasiga ustunlikni keltirdi.

Rayan Ait-Nuri yakuniy hisobni o'rnatdi. "Manchester Siti" himoyachisi 90-daqiqada ingliz jamoasi uchun uchinchi golni urdi.

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ