logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona»ning 20 yoshli himoyachisiga Angliyaning uch klubi da'vogar

 9 AVGUST, 2026, 19:36

Angliyaning bir qator klublari «Barselona» himoyachisi Ektor Fortini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk ma'lumotiga ko'ra, «Everton» va «Fulxem» 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan. «Liverpul» ham Fortini kuzatayotgan klublar qatorida.

Fort «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi asosiy jamoa tarkibida ham maydonga tushgan.

Ayni vaqtda futbolchining kelajagi borasida «ko'k-anorranglilar»ning yakuniy qarori ma'lum qilinmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ