logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'rtoqlik uchrashuvi. "Chelsi" Malayziyada so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

 9 AVGUST, 2026, 19:24

2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Chelsi" va "Johor Darul Ta'zim" (Malayziya) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Malayziyadagi "Sulton Ibrohim" stadionida o'ynashdi. O'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.

15-daqiqada yarim himoyachi Arif Ayman mezbon jamoani hisobda oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada "Chelsi" hujumchisi Liam Delap penaltidan gol urdi. 62-daqiqada Delap yana penaltidan gol urdi. 65-daqiqada hujumchi Oskar Arribas "Johor Darul Ta'zim"ning ikkinchi golini urdi. 87-daqiqada braziliyalik Bergson mezbon jamoaning uchinchi golini urdi. 89-daqiqada londonliklar himoyachi Antonio Glauderning avtogoli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.

"Johor Darul Ta'zim" - "Chelsi" 3:3

9 avgust 2026, soat 17:00

"Sulton Ibrohim" stadioni

Gollar: 1:0 Ayman – 15' 1:1 Delap – 43' 1:2 Delap – 62' 2:2 Arribas – 65' 3:2 Bergson – 87' 3:3 Glauder – 89.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ